Inson resurlari bo‘yicha bosh mutaxassisning asosiy vazifalari quyidagilar:
- Institutning tarkibiy bo‘linmalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
- malakali xodimlarga bo‘lgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish;
- tegishli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Institutga ishga qabul qilish uchun bitiruvchi talabalar orasidan yosh mutaxassislarni bilimi, shaxsiy va ishchanlik qobiliyatlarini o‘rganish asosida tanlashni tashkil etish;
- xodimlarni o‘z xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
- Institut xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashish;
- Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining stajirovka yoki malaka oshirishiga oid takliflar ishlab chiqish;
- kadrlar ishini yuritish hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Institut xodimlarining tarkibi va harakati hisobini yuritish;
- xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish;
- xodimlarga maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalarini berish va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi to‘lab borishni tashkillashtirish;
71 234-52-40