+998 71 200 02 35

Inson resurlari bo‘yicha bosh mutaxassis


Inson resurlari bo‘yicha bosh mutaxassisning asosiy vazifalari quyidagilar:

 

  • Institutning tarkibiy bo‘linmalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish;
  •  
  • malakali xodimlarga bo‘lgan joriy va kelgusidagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlarni lavozimlarga tanlash ishlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish;
  •  
  • tegishli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Institutga ishga qabul qilish uchun bitiruvchi talabalar orasidan yosh mutaxassislarni bilimi, shaxsiy va ishchanlik qobiliyatlarini o‘rganish asosida tanlashni tashkil etish;
  •  
  • xodimlarni o‘z xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
  •  
  • Institut xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashish;
  •  
  • Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining stajirovka yoki malaka oshirishiga oid takliflar ishlab chiqish;
  •  
  • kadrlar ishini yuritish hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  •  
  • Institut xodimlarining tarkibi va harakati hisobini yuritish;
  •  
  • xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish;
  •  
  • xodimlarga maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalarini berish va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi to‘lab borishni tashkillashtirish;

 

 71 234-52-40