+998 71 200 02 35

Xalqaro hamkorlik va loyihalar bo‘limi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 171-son qaroriga muvofiq imzolangan Ustavi asosida Xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Bo‘lim yo‘nalishlari:

  • xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
  • yuridik soha vakillarini qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borish;
  • xalqaro loyihalar va grantlar bilan ishlash.

Institutning xalqaro aloqalari:

Institut yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish, tegishli xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro aloqalarni amalga oshiradi.

Institutning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyati yetakchi malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan memorandumlar, o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislarni taklif yetish, professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarni hamda tinglovchilarni yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish, yurisprudensiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etishini tashkillashtirish hamda xalqaro konferensiya va seminarlarni, shuningdek qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish orqali takomillashtirib boriladi.