Yuriskonsultning asosiy vazifalari quyidagilar:
- Institutning huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
- Institut tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazorat olib borish;
- Institutning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
- Institut xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish;
- Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Institutning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash;
- Institut rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yish;
- Mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda Institut direktorining buyruqlari, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlash;
- Institutda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etish, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshirish va huquqiy xulosa berish;
- Institut xodimlarining kasaba uyushmasi va boshqa vakillik organi vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatish;
- Shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;
- Institut manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va Institutga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish, Institut faoliyatida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;
- Qonun buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish.
71 234-55-40