KORRUPSIYAGA NISBATAN MUROSASIZLIGI TO‘G‘RISIDAGI YURISTLAR MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI DIREKTORINING MUROJAATI |
"Adliya organlari va muasasalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi: savol va javoblar" |
Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi havolasi
Korrupsiyaga qarshi kurash
bugungi kunning dolzarb masalasi
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Аdliya vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Аdliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida ham korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha bir qator ishlar ishlar amalga oshirildi 2018-2019 oʼquv yilida yu.f.n., dotsent G.Аlimovning «Yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklari uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi» mavzusidagi monografiyasi tayyorlanib chop etildi, i.f.d., professor B.Isroilov (mualliflar jamoasi) tomonidan 2018 yil dekabrda Sankt-peterburg politexnika universiteti olimlari bilan xammualliflikda “Современная система противодействия отмыванию преступных доходов и финансированию терроризма” ва “Экономическая безопасность” oʼquv qoʼllanmalari chop etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (Innovatsion rivojlanish vazirligi) granti doirasida G.Аlimov va B.Isroilov ham muallifligida “TТеневая экономика, коррупция, взяточничества: уголовно-проавовая оценка” nomli monografiyasi tayyorlanib chop etishga topshirildi.
Shuningdek, Yuristlar malakasini oshirish markaziga muntazam ravishda tahsil olishga kelgan barcha toifadagi tinglovchilar guruhlari uchun, markaz Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan “Oʼzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan “Korrurpsiyaga qarshi kurashning halqaro huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzularida maʼruzalar oʼqib kelinmoqda.
2019 yil 09 yanvaridagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5618-sonli, «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoni yuzasidan Markaz professor-oʼqituvchilari respublikamizning barcha mintaqalarida xizmat safarlarida boʼlishib aholi oʼrtasida Farmonda nazarda tutilgan boshqa dolzarb vazifalar qatorida korruptsiyaga qarshi kurashishda aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarda yuzdan ortiq maʼruzalar oʼtkazishdi.
Markaz mutaxassislari va professor-oʼqituvchilari respublikamiz miqyosida oʼtkazilgan korrupsiya mavzusiga oid oʼnlab ilmiy amaliy konferentsiya, davra suhbatlarida maʼruzalar bilan ishtirok etib kelishmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi jamoasi korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining hamda Аdliya vazirligini korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlar rejalarining tegishli bandlarini ijrosini ham oʼz vaqtida taʼminlab kelmoqda. Yuristlar malakasini oshirish markazi bundan keyin ham respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari boʼyicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga oʼz xissasini qoʼshib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining korrupsiyaga qarshi kurashish
SIYOSATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining (bundan buyon matnda – Markaz deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (bundan buyon matnda - Siyosat deb yuritiladi) Markaz xodimlari orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida, Markazning yuqori ahloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, Markaz xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslikni aks ettiradi.
2. Ushbu Siyosat talablari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining talablari bilan bir vaqtda egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qatʼi nazar Markazning barcha xodimlariga tadbiq etiladi.
3. Markazning kafedra va boʻlimlari hamda hududiy filiallarining korrupsiyaga qarshi kurashishining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Markazda korrupsiyani tubdan yoʻqotishga erishish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;
Markaz faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash.
4. Siyosat Markazning ichki hujjati sifatida yuqorida koʻrsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun Markaz faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.
5. Markazga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Siyosat bilan imzo qoʻygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.
6. Markaz korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlaridan kelib chiqib:
Markaz va Markaz xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Ustavi (Nizomi), mansab yoʻriqnomalari hamda boshqa ichki hujjatlarda belgilangan maqsad, vazifalar va faoliyatning asosiy yoʻnalishlariga rioya qilishlari lozim;
Markaz xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining odob-ahloq qoidalariga rioya qilishlari shart;
Markaz xodimlari korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyilga tayangan holda korrupsiya bilan bogʻliq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, yaʼni pora beruvchining manfaatlarini koʻzlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, yaʼni pullar, qimmatbaho qogʻozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, vaʼda berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun toʻlovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki gʻayriqonuniy boshqa maqsadlarda oʻz xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi;
Markaz va Markaz xodimlari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish va (yoki) Markaz manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda oʻzlarining xizmat mavqeidan va (yoki) adliya organlarining mol-mulkidan foydalanmaslik va manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim;
Markaz va Markaz xodimlari oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovgʻa yoki ish jarayonida mehmondoʻstlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida ragʻbatlantirish vositalarini, naqd pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qogʻozlar koʻrinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi;
Markaz va Markaz xodimlari boshqa xodimlarga ularning shaxsi bilan bogʻliq bayramlar (tugʻilgan kun, bolaning tugʻilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni)da beridigan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlmagan sovgʻalar berish Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga muvofiq amalga oshirishlari kerak;
Markaz xodimlarini tanlash, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini toʻlash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis boʻlishi lozim;
Markaz kontragentlar bilan munosabatlarda oʻz faoliyatini Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq amalga oshirishi shart;
Markaz qonunda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiyliklarni olgan paytda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, mablagʻlarni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini taʼminlash, shuningdek Internet tarmogʻidagi oʻzining rasmiy veb-saytlarida imkon qadar barcha choralarni koʻrishlari kerak;
Ichki xujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda hujjatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ekspertiza oʻtkazilishi lozim;
Adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markazning ichki hujjatlariga muvofiq halol, adolatli va obyektiv asosda taʼlim berilishi lozim;
Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim;
Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-oʻqituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari oʻrtasida bitimlarni tuzishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasliklari kerak.
7. Xodimlarning faoliyatini nazorat qilish uchun Markaz oʻquv xonalarida video va audio yozuv kameralari joylashtiriladi, ularning yozuvlari Markazning masʼul xodimlari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi. Markazning rasmiy veb-saytlariga korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan ayrim jarayonlarning onlayn translyatsiyalari joylashtiriladi (xususan, xodimlar bilan suhbat oʻtkazish va ularni sinovdan oʻtkazish, komissiya yigʻilishlari, tinglovchilardan yakuniy sinov (suhbat)larni oʻtkazish va boshqalar).
8. Markaz xodimlari va tinglovchilarda korrupsiyaga qarshi amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Siyosat qoidalari yoki Markazda korrupsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan har qanday savollar boʻlsa, ular Markaz korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi yoki Markazning “halollik ofitseri”ga murojaat qilishlari mumkin.
9. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish mumkin:
Adliya vazirligining “1008” telefon raqami va (71) 234-52-40 telefon raqami;
Markazning Telegram kanallari;
Markazning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan shakllar;
Markazning elektron pochta manzillari;
toʻgʻridan-toʻgʻri huquqni muhofaza qilish organlariga.
10. Markazning aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Markazning ichki hujjatlariga muvofiq Markaz tizimining masʼul xodimi tomonidan xolis tarzda va oʻz vaqtida koʻrib chiqiladi.
11. Vazirlik tizimida korrupsiya faktlari toʻgʻrisida vijdonan xabar bergan Markaz xodimlari, agar bu maʼlumotlar tasdiqlangan boʻlsa, ichki hujjatlarga muvofiq ragʻbatlantirilishi mumkin.
12. Ushbu Siyosat quyidagi hollarda qayta koʻrib chiqilishi
va tuzatilishi kerak:
korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi siyosat va tartib-taomillarni qayta koʻrib chiqish zaruratini keltirib chiqaradigan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi oʻzgarganda;
korrupsiyaga qarshi kurashish samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va Markaz faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tugʻilganda;
Markaz tizimining tashkiliy tuzilmasi va (yoki) Markaz tomonidan oʻz vazifalarini bajarishi xususiyatlari va boshqalar oʻzgarganda.