+998 71 200 02 35

Malaka oshirish kurslariga start berildi!

07.08.2025 282

Bugun Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalarida DXM sohasiga biriktirilgan mas’ul xodimlar uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Darslar avvalida Institut direktorining birinchi o‘rinbosari R. Xursanov Institutning kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanish strategiyasiga bag‘ishlangan taqdimotni namoyish etdi.

Kurs davomida tinglovchilar davlat xizmatlarini ko‘rsatish, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish va amaliy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha zarur bilim va malakalarga ega bo‘lishadi.

Maqsad — fuqarolarga yanada sifatli va qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini mustahkamlash!