+998 71 200 02 35

Institut vakillari Tojikistonda o‘tkazilgan qonun ustuvorligi bo‘yicha milliy forumda ishtirok etdilar

05.11.2025 484

Tojikiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Dushanbe shahrida “Qonun ustuvorligi bo‘yicha 11-milliy forum” bo‘lib o‘tdi.

Forumning asosiy maqsadi — MDH mamlakatlari vakillarini yagona muloqot maydonida birlashtirish, o‘zaro tajriba almashish, huquqiy islohotlar borasidagi ilg‘or tajribalarni muhokama qilish hamda mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Direktor Yesemurat Kanyazov forumda kirish so‘zi bilan chiqish qildi hamda birinchi sessiyada — “Adolatga erkin kirish inson huquqlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy kafolati sifatida” mavzusida shuningdek, u “Raqamlashtirish sharoitida fuqarolik huquqi: raqamli mulk, smart shartnomalar va elektron dalillar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida MDH davlatlari adliya tizimi vakillari o‘zaro fikr va tajriba almashib, qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqiy tizimni raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.