+998 55 518 57 77

Xalqaro hamkorlik bo‘limi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Xalqaro hamkorlik va loyihalar yo‘nalishida 2026  yil I yarim yilligi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

MA’LUMOT

 

Institut 2026-yil I yarim yillik holatiga 14 ta xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan (YXHT, BMTTD, GIZ, “Mintaqaviy muloqot” XNNT, YTTB, Germaniyaning O‘zbekistondagi Konrad Adenauer jamg‘armasi, UNICEF, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, TIKA, Osiyo taraqqiyot banki, BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha Oliy Komissarining (UNHCR) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Xalqaro huquqiy hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamg‘armasining (The German Foundation for International Legal Cooperation – IRZ, Turkic Arbitration Assosation, Armanistondagi Selart Yevropa akademiyasi hamda Selart xalqaro ta’lim va tadqiqot guruhi) hamkorlik qiladi.

Xorijiy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Institut tomonidan AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Qozog‘iston, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Fransiya, Belarus, Singapur, Qatar, Gruziya, Polsha, Xitoy davlatlarining turdosh ta’lim muassasalari bilan 18 ta Memorandumlar/Hamkorlik dasturlar imzolangan (Qozogʻiston Respublikasi Oliy sudi Kegashi qoshidagi Odil sudlov akademiyasi, Belarus Davlat universitetining sudyalar, prokurorlar, sud va adliya xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Butunrossiya Davlat Adliya universiteti, Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti, Turkiya Respublikasining Energetika nizolari bo‘yicha Arbitraj markazi, Turkiya Adliya Akademiyasi, Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi, Fransiya Respublikasi Parij Panteon Assas universiteti, Singapurning “Sage Mediation” tashkiloti, Qatarning MENA Executive Training (Qatar, Buyuk Britaniya) professional tayyorlash akademiyasi, Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP (AQSH), Polsha Politsiyasi sud ekspertizasi laboratoriyasi, Educational Management Park LLC (Gruziya), Squire Patton Boggs (Polsha), Mayer Brown, Shanxay siyosiy-yuridik universiteti, Gdanks universiteti, Akademik Ye.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda milliy tadqiqot universiteti).

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan 2026-yil I yarim yilligi davomida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va stajirovkalarni tashkil qilish yuzasidan bir qator ishlar olib borildi.

Jumladan, Gdansk universiteti, Turkic Arbitration Assosation, Arma-nistondagi Selart Yevropa akademiyasi hamda Selart xalqaro ta’lim va tadqiqot guruhi, Akademik Ye.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, Tojikiston malaka oshirish instituti, Gruziya Adliya ta’lim markazi, Ozarbayjon davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va Polshaga tashkillashtirilgan stajirovkalarda Institutning 35 nafar tinglovchisi va xodimlaridan iborat guruh ishtirok etdi.

Institut tomonidan Germaniya, Qirg‘iziston, Singapur, Yaponiya Shveytsariya va Armaniston kabi davlatlarida malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha zarur chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, Institut tomonidan ushbu davr mobaynidan 10 ta seminar, konferensiya hamda davra suhbati tashkil etildi hamda ularda 17 ta xorijiy va mahalliy ekspertlar qatnashdi.

 

2026-yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan
MA’LUMOTNOMA

 

2026-yilning 5-fevral kuni Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Gdansk universiteti o‘rtasida yuridik ta’lim va malaka oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha “Oʻzbekiston-Ozarbayjon” xalqaro qoʻshma tanlovida ishtirok etish yuzasidan Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya akademiyasiga xat yuborildi va qo‘shma tanlovda ishtirok etishga rozilik olindi (Institutning 2026-yil 3-fevraldagi 08-158/11-son xati).

2026-yil 10-fevralida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) va Pokiston Huquq va Adliya vazirligining “Solicitor Wing” yuridik tashkiloti vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi (Institutning 2026-yil 27-yanvardagi 08-140/8-son xati asosida Adliya vazirligiga ma’lum qilingan).

2026-yil 12-fevralida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) va Gruziya Adliya ta’lim markazi (Training Center of Justice of Georgia) o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazildi (Institutning 2025-yil 10-fevraldagi 08-182/08-son xati asosida ma’lum qilingan).

2026-yil 16-fevralida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) va Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan Institut binosida uchrashuv o‘tkazildi (Institutning 2025-yil 10-fevraldagi 08-183/08-son xati asosida ma’lum qilingan).

2026-yil 23-fevralida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligining Adliya akademiyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi (Institutning 2025-yil 20-fevraldagi 08-223/08-son xati asosida ma’lum qilingan).

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) tomonidan Y.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda milliy tadqiqot universiteti (Qozog‘iston) bilan hamkorlik o‘rnatish masalasi o‘rganib chiqildi. Tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Ishlab chiqilgan memorandum loyihasi hamda unga tushuntirish xati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va kelishib olish uchun Adliya vazirligiga yuborildi (Institutning 2025-yil 10-martdagi 08-240/08-son xati asosida ma’lum qilingan).

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) tomonidan Boku davlat universiteti (Ozarbayjon) bilan hamkorlik o‘rnatish masalasi o‘rganib chiqildi. Tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Ishlab chiqilgan memorandum loyihasi hamda unga tushuntirish xati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va kelishib olish uchun Adliya vazirligiga yuborildi (Institutning 2025-yil 10-martdagi 08-271/08-son xati asosida ma’lum qilingan).

2026-yilning 1-6-mart kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti vakillari London (Buyik Britaniya) shahriga tashkillashtirilgan o‘quv xizmat safarida ishtirok etdi (Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 27-fevraldagi 21-2-499xdfu-son rozilik xati asosida tashkil etildi).

2026-yil 12-martida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) va Armanistondagi Selart Yevropa Akademiyasi (Selart European Academy in Armenia) o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi (Institutning 2025-yil 11-martdagi 08-287/8-son xati asosida ma’lum qilingan).

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) tomonidan Turkiya Arbitraj Assotsiatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatish masalasi o‘rganib chiqildi. Tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Ishlab chiqilgan memorandum loyihasi hamda unga tushuntirish xati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va kelishib olish uchun Adliya vazirligiga yuborildi (Institutning 2025-yil 18-martdagi 08-332/8-son xati asosida ma’lum qilingan).

2026-yilning 26-martida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Pokiston Oliy sudi advokati, Toshkent davlat yuridik universiteti professori vazifasini bajaruvchi, professional mediator Naeem Allahrakha tomonidan “Anglo-sakson va romano-german huquq tizimlarida huquqni o‘qitishning qiyosiy tahlili” mavzusida onlayn seminar-trening o‘tkazildi (Institutning 2026-yil 25-martdagi 08-353/8-sonli xati).

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda “Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda 2026-yilning 8-aprel kuni tibbiyot huquqi bo‘yicha milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida tadbir tashkil etildi (Institutning 2026-yil 6-apreldagi 08-390/8-sonli xati).

2026-yil 9-aprel kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda SELART Yevropa akademiyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi (Institutning 2026-yil 7-apreldagi 08-397/8-son xati asosida ma’lum qilingan).

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) tomonidan Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg‘iziston milliy universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish masalasi chiqildi. Tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Ishlab chiqilgan memorandum loyihasi hamda unga tushuntirish xati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va kelishib olish uchun Adliya vazirligiga yuborildi (Institutning 2025-yil 13-apreldagi 08-460/8-son xati asosida ma’lum qilingan).

2026-yilning 12-18-aprel kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining o‘rinbosari Islamov Kenja Raxmatovich boshchiligidagi advokatlar guruhi Gdansk va Varshava (Polsha) shaharlariga tashkillashtirilgan o‘quv xizmat safarida ishtirok etdi.

2026-yil 17-aprel kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Hindistondagi Milliy sud-ekspertiza fanlari universiteti (National Forensic Sciences University) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi (Institutning 2026-yil 1-aprel 08-378/8-son xati asosida vazirlikka ma’lum qilingan).

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Turkiya Arbitraj Assotsiatsiyasi (Turkic Arbitration Association (TAA) bilan hamkorlikda 2026-yilning 20-21-aprel kunlari xalqaro trening tashkil etildi (Institutning 2026-yil 13-apreldagi 08-457/8-son xati orqali ma’lum qilingan).

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan 2026-yilning 17 – 24-may kunlari Buyuk Britaniyaga Institut tinglovchilarini qisqa muddatli stajirovkaga yuborildi (Institutning 2026-yil 2-apreldagi 08-385/8-son xati).

2026-yil 20-aprelda Adliya vazirligi tomonidan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) va Turkiya Arbitraj Assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi (Adliya vazirligining 2026-yil 30-martdagi 17/12-5/953-son xati asosida).

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 2026-yilning 28-aprel kuni “FamilySearch International” tashkiloti hamda “O‘zarxiv” vakillari o‘rtasida Institut binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi (Institutning 2026-yil 17-apreldagi 08-12/45-son asosida vazirlikka ma’lum qilingan).

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan 2026-yilning 19-may kuni “O‘zbekiston fuqarolik va tijorat huquqi bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy tadbirlar dasturi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi (Institutning 2026-yil 18-maydagi 08-582/8-son xati orqali ma’lum qilingan).

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan 2026-yilning 19-may kuni “Yashil sanoat siyosati va chiqindilar boshqaruvi – huquqiy asoslar va biznes imkoniyatlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi (Institutning 2026-yil 18-maydagi 08-581/8-son xati orqali ma’lum qilingan).

2026-yil 20-may kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Yaponiya Adliya vazirligining Tadqiqot va o‘qitish instituti, Yangi turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Yaponiya prokuraturasi bo‘linmasi vakili o‘rtasida Institut binosida uchrashuv bo‘lib o‘tdi (Uchrashuv haqida Institutining 2026-yil 6-maydagi 08-534/8-son xati asosida ma’lum qilingan).

2026-yil 5-iyunida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) va BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi (Institutning 2026-yil 26-maydagi 08-605/8-son xati asosida ma’lum qilingan).

2026-yil 5 – 6-iyun kunlari Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Angliyaning Lester universiteti Huquq maktabi professorlari Navajyoti Samanta va Horace Yeunglar Institutga tashrif buyurdi (Institutning 2026-yil 26-may 08-603/8-son xati asosida ma’lum qilingan).

Yusuf Bolasog‘un nomidagi Qirg‘iz milliy universitetining 2026-yil 11–13-iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasining “ShHT tashabbuslarini amalga oshirishda Yuridik oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasining roli” mavzusidagi forumida Institut vakillarining ishtirok etdi (Institutning 2026-yil 13-martdagi 08-300/8-son xati).

Adliya vazirligi tomonidan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (Institut) Pedagoglar markazi professori Fayziyev Xayriddin Sirojiddinovichning 2026-yilning 31-may – 12-iyun kunlari Samarqand Xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi tomonidan tashkil etilayotgan Germaniyaga o‘quv safariga yuborildi (Adliya vazirligining 2026-yil 20-may 17/06-5/1274-2-son rozilik xati asosida).

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Akademik Ye.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2026-yil 13-apreldagi 17/06-5/831-1-son rozilik xati asosida).

2026-yil 19-iyun kuni Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi Fan qo‘mitasining “Qozog‘iston davlat xizmatining tashkiliy madaniyatini transformatsiya qilish arxitektonikasi” ilmiy loyihasi rahbari, yuridik fanlar doktori, professor Taytorina Binur Adamovna ishtirokida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi (Institutning 2026- yil 12-iyundagi 08-635/8-son xati orqali ma’lum qilingan).