+998 71 200 02 35

“Fuqaroligi boʻlmagan va boshpanasiz shaxslar huquqlari: xalqaro standartlar va Oʻzbekiston tajribasi”

09.11.2023 1603

Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda BMTning qochoqlar huquqlari boʻyicha Agentligi hamkorligida 2023-yil 8-noyabr kuni “Fuqaroligi boʻlmagan va boshpanasiz shaxslar huquqlari: xalqaro standartlar va Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiyadan koʻzlangan maqsad - fuqaroligi boʻlmagan va boshpana masalalari boʻyicha salohiyatini mustahkamlash, fuqaroligi boʻlmaganlarni kamaytirish va oldini olish boʻyicha xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalar bilan tanishtirish, ushbu muammolarni hal etish amaliyoti bilan boʻlishish hamda mutaxassislar va keng jamoatchilik oʻrtasida oʻzaro tajriba almashinuvi maydonini yaratishdan iborat.