+998 71 200 02 35

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

19.11.2025 78

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Institut direktorining birinchi o‘rinbosari R. Xursanovning kirish so‘zi bilan boshlandi. Rustam Xolmuratovich bayrog‘imizning tarixiy va ma’naviy ahamiyati, uning xalqimiz birligi va mustaqilligimiz ramzi sifatidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida quyidagi mavzularda ma’ruzalar tinglandi:

• “O‘zbekiston bayroqlari: tarixdan hozirgacha”

• “Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish tartibi”

• “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchilik va uni buzganlik uchun javobgarlik masalalari”

• “Davlat bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha xorijiy tajriba”

Tadbir yakunida Davlat bayrog‘i bo‘yicha qiziqarli intellektual o‘yinlar tashkil etildi. 

Ishtirokchilarga Vatan timsoli bo‘lgan Davlat bayrog‘ining tarixi, ma’naviy qadr-qimmati va huquqiy asoslari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir faollari Institut direktorining diplom va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.