+998 71 200 02 35

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti delegatsiyasi Shanxayda xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

17.06.2025 43

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil 16–19-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) iqtisodiy va savdo faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash forumi”da ishtirok etmoqda.

Forum doirasida o‘tkazilgan sessiyalarda institut direktori Y.Kanyazov “Huquqiy infratuzilma va iqtisodiy islohotlar simbiozi” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur huquqiy islohotlar, jumladan, iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy infratuzilmani mustahkamlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni taqdim etdi.

Mazkur xalqaro forum doirasida delegatsiya a’zolari ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar vakillari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi tashabbus va g‘oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.