O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Zafarjon Raxmonov “Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvni qo‘llash masalalari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzada:
▪️huquqiy normalarning bir xil talqin qilinishi va qo‘llanishi zarurligi,
▪️ sud amaliyotida yagona yondashuvni shakllantirish,
▪️ ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish,
▪️ huquqiy ta’limda metodik birlikni ta’minlash,
▪️ shuningdek, “Yagona yondashuv indeksi”ni joriy etish kabi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Mazkur anjuman yuridik fan va amaliyotda yagona yondashuvga erishish yo‘lida muhim ilmiy-amaliy maydon bo‘lib xizmat qildi.
https://minjusttraining.uz/uploads/2025/05/qabul1.jpg