Bugun 20-dekabr kuni Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi Zafarjon Raxmonov, Rahmatilla Dehqonov hamda kafedra o'qituvchisi Javlonbek Jo'rayevlar Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-maktabga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Yoshlar ochiq muloqot chog‘ida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.