+998 71 200 02 35

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

20.12.2024 139

Bugun 20-dekabr kuni Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi Zafarjon Raxmonov, Rahmatilla Dehqonov hamda kafedra o'qituvchisi Javlonbek Jo'rayevlar  Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-maktabga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.  Yoshlar ochiq muloqot chog‘ida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.