+998 71 200 02 35

Xalqaro hamkorlik yo‘lida navbatdagi qadam

30.04.2025 382

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Germaniyaning Xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur uchrashuvda Institut direktori Y. Kanyazov va IRZning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy rahbari S. Hayri ishtirok etdi. Tomonlar ikkiyoqlama hamkorlik istiqbollari, ilmiy-uslubiy faoliyatda o‘zaro tajriba almashinuvi hamda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

 Uchrashuv ochiq va konstruktiv muhitda o‘tdi. Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.