Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan patent vakillari uchun "S and O IP Consulting" mas'uliyati cheklangan jamiyati vakili Angelina Tarasova ishtirokida dars mashg'ulotlari tashkil etildi.
"Kontrafakt mahsulotlari, mashhur brend mahsulotlari" mavzusida bo'lib o'tgan dars mashg'uloti davomida mualliflik va turdosh huquq obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishga oid xalqaro va milliy mexanizmlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Markazda malaka oshirayotgan advokatlar guruhi tinglovchilari uchun “Notiqlar va teleradioboshlovchilar tayyorlash markazi” rahbari NAJOT NUR ishtirokida “Nutq orqali insonlarga ta’sir o‘tkazish va ularni boshqarish. Yuristning notiqlik san'ati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda tinglovchilar nutq orqali insonlarga ta’sir o‘tkazish va ularni boshqarish, yuristning notiqlik ko'nikmalarini rivojlantirish yuzasidan kerakli bilim va amaliy tajribalarga ega bo'lishdi.