+998 71 200 02 35

XALQARO EKSPERT VA NAJOT NUR ISHTIROKIDA DARS MASHG'ULOTLARI BO'LIB O'TDI

16.10.2024 2291

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan patent vakillari uchun  "S and O IP Consulting" mas'uliyati cheklangan jamiyati vakili Angelina Tarasova  ishtirokida dars mashg'ulotlari tashkil etildi.

 "Kontrafakt mahsulotlari, mashhur brend mahsulotlari" mavzusida bo'lib o'tgan dars mashg'uloti davomida mualliflik  va  turdosh  huquq  obyektlariga  bo‘lgan  huquqlarni himoya qilishga oid xalqaro va milliy mexanizmlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Markazda malaka oshirayotgan advokatlar guruhi  tinglovchilari uchun “Notiqlar va teleradioboshlovchilar tayyorlash markazi” rahbari NAJOT NUR ishtirokida “Nutq orqali insonlarga ta’sir o‘tkazish va ularni boshqarish. Yuristning notiqlik san'ati” mavzusida seminar-trening  tashkil etildi. 

Seminar-treningda tinglovchilar nutq orqali insonlarga ta’sir o‘tkazish va ularni boshqarish, yuristning notiqlik ko'nikmalarini   rivojlantirish yuzasidan  kerakli bilim va amaliy tajribalarga ega bo'lishdi.