+998 71 200 02 35

SAMARQANDDA SAYYOR MALAKA OSHIRISH KURSLARI BOSHLANDI

14.05.2024 482

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan advokatlar uchun ikki haftaga mo‘ljallangan sayyor malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi.

Mashg‘ulotlarga Yuristlar malakasini oshirish markazining yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan birga viloyat adliya boshqarmasi, Advokatlar palatasining viloyat hududiy boshqarmasi vakillari va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilingan.

Malaka oshirish davomida tinglovchilar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish jarayonlari, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlari, qonunchilikdagi yangiliklar, korrupsiyaga qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi, davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari, fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari, maʼmuriy tartib-taomillar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.