Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan advokatlar uchun ikki haftaga mo‘ljallangan sayyor malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi.
Mashg‘ulotlarga Yuristlar malakasini oshirish markazining yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan birga viloyat adliya boshqarmasi, Advokatlar palatasining viloyat hududiy boshqarmasi vakillari va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilingan.
Malaka oshirish davomida tinglovchilar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar, davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish jarayonlari, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlari, qonunchilikdagi yangiliklar, korrupsiyaga qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi, davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari, fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari, maʼmuriy tartib-taomillar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.