+998 71 200 02 35

Qozog'iston Respublikasi Ostona shahrida xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda

01.11.2024 1665

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) "Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish" mintaqaviy dasturi tomonidan Qozog'iston Respublikasi Ostona shahrida “Административное право и процесс: современное состояние и будущие вызовы” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Unda  Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich ishtirok etmoqda.

Konferensiya maqsadi — "Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni rivojlantirish" loyihasining yakunlarini sarhisob qilish, loyiha natijasining barqarorligini ta'minlash, Markaziy Osiyo davlatlarida ma'muriy huquq sohasini rivojlantirish yuzasidan muhokamalar o'tkazish.

Tadbirda Germaniya, Shveytsariya, Avstriya, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston  va boshqa davlatlardan davlat xizmatchilari, sudyalar, olimlar, xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Sessiyalar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikni rivojlantirish, maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, ma'muriy huquq sohasida xalqaro tajribalar hamda maʼmuriy huquq normalarini qoʻllashning ayrim muammoli masalalari muhokama qilinadi.