Yuristlar malakasini oshirish markazi malakali mutaxassislari tomonidan Qibray tumani adliya boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda bir qator hududlarda Oʻzbekiston Respublikasida Kostitutsiyaviy islohotlar boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 17-mart kuni Qibray tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida boʻlib oʻtgan davra suhbatida ishtirokchilarga har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish hamda davlat tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, shu bilan birga referendum va unda ishtirok etish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi.