+998 71 200 02 35

Oʻzbekiston Respublikasida Kostitutsiyaviy islohotlar

17.03.2023 1825

Yuristlar malakasini oshirish markazi malakali mutaxassislari tomonidan Qibray tumani adliya boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda  bir qator hududlarda  Oʻzbekiston Respublikasida Kostitutsiyaviy islohotlar boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

 Jumladan, joriy yilning 17-mart kuni  Qibray tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida boʻlib oʻtgan davra suhbatida  ishtirokchilarga har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash,  shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish hamda davlat tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, shu bilan birga referendum va unda ishtirok etish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi.