+998 71 200 02 35

Mintaqaviy hamkorlik rivojlanmoqda

15.09.2023 1278

Joriy yilning 13-sentabr kuni  Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudining arbitri va Business Soft IT kompaniyasining bosh direktori, xalqaro mediator Kaybildayeva Begaim Mukhitovna va Markaz professor-o'qituvchilari hamda xodimlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan maqsad - mediatsiya sohasida tajriba almashish, Markaz va Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish masalasini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.