Joriy yilning 13-sentabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudining arbitri va Business Soft IT kompaniyasining bosh direktori, xalqaro mediator Kaybildayeva Begaim Mukhitovna va Markaz professor-o'qituvchilari hamda xodimlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan maqsad - mediatsiya sohasida tajriba almashish, Markaz va Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro arbitraj sudi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish masalasini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.