+998 71 200 02 35

Mahalliy kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari

17.06.2021 4837

Milliy  saylov  qonun  hujjatlarida  va  xalqaro  saylov standartlarida  saylovlarga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni  o’tkazish bosqichlarida  kuzatuvchilik  institutining  o’rni  beqiyos  bo’lib, birinchidan,  saylov  kampaniyasining  ochiq  va  oshkora  o’tishiga xizmat qiladi, ikkinchidan, saylov komissiyalari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.

Mahalliy kuzatuvchilar tegishli tartibda beriladigan man-datga binoan, saylov uchastkalarida hozir bo’ladigan siyosiy par-tiyalarning,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining vakillaridir.

Saylov  jarayonlarida,  xususan,  O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari  hamda  ular  faoliyatining  kafolatlari  bilan  bog’liq  masala juda muhim hisoblanadi. Saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni  o’tkazishga  doir  barcha tadbirlarda, shuningdek,har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz  berish  va  ovozlarni  sanab  chiqish  jarayonlarida  kuzatuvchi qatnashish huquqiga ega.

Kuzatuvning  maqsadi  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni o’tkazishga  doir  barcha  tadbirlarda,  shu  jumladan  saylov  kuni ovoz  berish  va  ovozlarni  sanab  chiqish  jarayonlarida  saylov qonunchiligiga  rioya  etilishi  ustidan  jamoatchilik  nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Saylov  komissiyalari  kuzatuvchini  mandati  va  shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro’yxatga olgandan keyin unga o’z vakolatlarini  to’laqonli  hamda  to’sqinliksiz  amalga  oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.

Siyosiy  partiyalardan,  fuqarolarning  o’zini  o’zi boshqarish  organlaridan  kuzatuvchilarning  huquqiy  maqomi O’zbekiston  Respublikasining  Saylov  kodeksi,  O’zbekiston Respublikasining  «Siyosiy  partiyalar  to’g’risida»gi  va «Fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  to’g’risida»gi qonunlariga  hamda  Markaziy  saylov  komissiyasining  2019  yil 5 oktyabrdagi 951-son qarori bilan tasdiqlagan «Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to’g’risida»gi Nizomida huquqiy asoslangan. Shuni  ta’kidlash  lozimki,  O’zbekiston  Respublikasi Saylov kodeksining 33-moddasiga asosan kuzatuvchilar sifatida qo’yidagilar belgilangan:

«Siyosiy  partiyalardan,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish organlaridan, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar o’z faoliyatini tegishli komissiyalar tomo-nidan berilgan mandatlar asosida amalga oshiradi».

«Siyosiy  partiyalar  va  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish organlaridan  kuzatuvchilar  to’g’risida»gi  Nizom  O’zbekiston Respublikasi  Saylov  kodeksining  33-moddasi,  O’zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to’g’risida», «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatgan siyosiy partiyalar, shuningdek, fuqarolarning o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  kuzatuvchilarining  huquqiy maqomini,  huquq  va  majburiyatlarini  hamda  ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

Birinchidan,  siyosiy  partiya  a’zosi  yoki  tarafdori  yoxud siyosiy  partiyaga  xayrixoh  bo’lgan  har  qanday  O’zbekiston Respublikasining  18  yoshga  to’lgan  fuqarosi  siyosiy  partiyadan kuzatuvchi  bo’lishi  mumkin,  ikkinchidan,  fuqarolarning  o’zini o’zi  boshqarish  organlaridan  fuqarolar  yig’ini  raisi  (oqsoqoli), uning  o’rinbosari,  maslahatchisi,  shuningdek, fuqarolar  yig’ini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi bo’lib ishtirok etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibiga alohida e’tibor-ni qaratish lozim. Yuqoridagi Nizom talablariga ko’ra, kuzatuvchi-larni rasmiylashtirish qo’yidagi tartibda amalga oshiriladi:

–  siyosiy  partiyaning  tuman  (shahar)  tashkiloti  O’zbekiston Respublikasi  Prezidentligiga,  ushbu  siyosiy  partiyadan  ko’rsatilgan  nomzod  ro’yxatga  olingan  kundan  boshlab  okrug  saylov komissiyasiga  ariza  bilan  murojaat  qiladi.  Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari esa, okrug saylov komissiyasi tu-zilganidan keyin ularga ariza bilan murojaat qiladi;

– arizaga kuzatuvchilarning ro’yxati (ismi-familiyasi, lavo-zimi, yashash manzili va telefon raqami ko’rsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm o’lchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi;

–  siyosiy  partiyalar  va  fuqarolarning  o’zini  o’zi boshqarish  organlari  o’z  kuzatuvchilari  to’g’risida  okrug  saylov komissiyalariga saylovga kamida o’n kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin;

– okrug saylov komissiyasi siyosiy partiya tashkilotining va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining arizasini olgandan keyin besh kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun mandat beradi;

–  mandatda  siyosiy  partiyani  boshqa  siyosiy  partiyadan  va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan farqlash uchun alohida belgilar (mandat rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.

Shuni  unutmaslik  lozimki,  kuzatuvchi  saylovga  tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, ovoz berish kuni mandatni taqib yurishi shart. Kuzatuvchining vakolat muddati  unga  mandat  berilgan  kundan  boshlanadi  va  saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.

O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi va Markaziy saylov komissiyasining  2019  yil  5  oktyabrdagi  951-son  qarori  bilan tasdiqlagan  (1-ilova)  «Siyosiy  partiyalar  va  fuqarolarning o’zini  o’zi  boshqarish  organlaridan  kuzatuvchilar  to’g’risida»gi Nizomida kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari belgilangan  bo’lib,  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uning  o’tkazilishini kuzatishda muhim ahamiyatga egadir.

Kuzatuvchilar  saylov  jarayonlarida quyidagi  huquqlarga egadir:

– saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo’lish;

– nomzodlar ko’rsatishga bag’ishlangan yig’ilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;

– saylov uchastkasida hozir bo’lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini  va  saylov  qutilarining  muhrlanishini, fuqarolarning  ro’yxatga  olinishini,  saylov  byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;

– saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;

–  muddatidan  oldin  ovoz  berishni  o’tkazish  vaqti  va  joyi haqida xabardor bo’lish hamda ushbu jarayonni kuzatish;

– saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayonini kuzatish;

– ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining ba-yonnomasi tuzilayotganda hozir bo’lish;

–  saylov  natijalari  to’g’risidagi  hujjatlarning  tegishli saylov  komissiyasi  tomonidan  tasdiqlangan  ko’chirma  nusxalarini so’rash va olish;

–  saylov  jarayoni  va  ovoz  berishning  yashirinligini  buz-masdan  foto,  video,  audio  yozuvlarni  amalga  oshirish  (qamoqda saqlash  va  ozodlikdan  mahrum  etish  joylari,  harbiy  qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);

– kuzatuv natijalari to’g’risida ommaviy axborot vositala-ri vakillariga murojaat qilish;

– okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komis-siyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to’g’risidagi bayonnomalarni  qabul  qilib  olish  hamda  okrug  bo’yicha  saylov  na-tijalarini aniqlash jarayonida hozir bo’lish;

–  qamoqda  saqlash  va  ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida tuzilgan  saylov  uchastkalaridagi  saylov  jarayonini  kuzatish xohishi  to’g’risida  uchastka  saylov  komissiyasiga  borishi  haqida kamida uch kun oldin xabar berish;

– agar  saylov  uchastkasida  saylov  qonunchiligi  talablari buzilishiga  yo’l  qo’yilgan  deb  hisoblash  uchun  asoslar  bo’lsa, o’z  kuzatuvlari  to’g’risida  ushbu  uchastka  saylov  komissiyasi a’zolariga  ularning  ishiga  aralashmagan  holda ma’lum  qilish, shuningdek,yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berish;

– saylov  to’g’risidagi  qonunchilik  hujjatlari  haqida,  shuningdek, saylovga tayyorgarlik ko’rish va uning o’tkazilishi bo’yicha o’z fikrini bayon qilish huquqiga ega.

Saylov qonunchiligida kuzatuvchilar huquqlarining alohida belgilanishi muhim ahamiyat kasb etib, saylovga tayyorgarlik va uni o’tkazish jarayonini to’laqonli kuzatish va zarur ma’lumotlarga ega bo’lishini kafolatlaydi.

O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi talablariga va ushbu  Nizom  qoidalariga  rioya  etmagan  taqdirda,  okrug  saylov komissiyasi  uning  vakolatlarini  muddatidan  ilgari  tugatishi mumkin. Kuzatuvchi saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin. Kuzatuvchi  shikoyatni  ko’rib  chiqishda  bevosita  ishtirok  etishi mumkin.