Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va masofadan o`qitishni tashkil etish bo`limi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risida 2019 yil 27 iyuldagi 531- son qarori asosida tashkil etilgan.
Bo`lim o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va bo`yruqlari, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining bo`yruqlari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrug`i bilan tasdiqlangan Zamonaviy axborot texnoligiyalarini joriy etish va masofadan tashkil etish bo`limi Nizomi asosida olib boradi.
Bo`lim tarkibi bo`lim boshlig`i va 1 nafar bosh mutaxassisdan iborat.
Bo`lim boshlig`i 3-darajali adliya maslahatchisi - O`. Jalolov
Bo`lim bosh mutahassis 2-darajali yurist - H. Ergashev
Bo`limning asosiy vazifalari:
O`quv jarayonini innovasion texnologiyalari bilan ta’minlash, masofadan o`qitish ta’lim texnologiyalarini o`quv jarayoniga joriy etish, masofaviy ta’lim tizimi elektron resurslar bazasini shakllantirish va rivojlantirish, xodimlarni va tinglovchilarni Markaz kompyuter va axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish tartibi va texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va unga rioya etishlarini nazorat qilish, Markazda mavjud barcha axborot-kompyuter va o`quv-texnik vositalarini uzluksiz ishlashini ta’minlashdan iborat.
Bo`limning telefon raqami: +99871 234-54-72