Bo`limning maqsadi:
Markazda ta’lim jarayoni borishi, uning uslubiy va tashkiliy jihatdan ta’minlanganligini kuzatish, tahlil qilish va baholashdan iborat.
Vazifalari:
o`quv jarayonini monitoring qilish;
o`quv jarayonining davlat talablari asosida olib borilayotganligini kuzatish;
o`quv jarayonining uslubiy va tashkiliy jihatdan ta’minlanganligini aniqlash;
professor-o`qituvchilar tomonidan ta’lim jarayoniga oid hujjatlarga rioya yetilishini o`rganish;
o`quv jarayoni sifatini oshirish va Markaz faoliyatini takomillashtirish bo`yicha tavsiyalar kiritish;
tinglovchilarning fanlarni o`zlashtirish darajasini aniqlash;
Markazda turli so`rovnomalar o`tkazish va ularning tahlilini qilish va xulosalar chiqarish.
Bo`limning asosiy yo`nalishlari:
o`quv jarayonini o`rganish, tahlil qilish va sifat jihatdan baholash;
o`quv jarayonining uslubiy ta’minlanish maqsadida, professor-o`qituvchilar tomonidan zamonaviy o`qitish metodikasidan foydalanish holatini o`rganish;
professor-o`qituvchilar tomonidan ta’lim jarayoniga oid davlat talablari, namunaviy o`quv dasturlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya yetilishini o`rganish;
ta’lim jarayonining tashkiliy jihatdan tegishli bo`limlar tomonidan ta’minlanganligini o`rganish;
tinglovchilarning fanlarni o`zlashtirish natijalarini o`rganish, tahlil qilish va o`zlashtirish darajasi bo`yicha hulosalar ishlab chiqish;
respublika va horijiy davlatlarda qo`llanilayotgan zamonaviy, yangi, ilg’or o`qitish texnologiyalarni o`rganish va o`quv jarayoniga tadbiq yetish bo`yicha tavsiyalar kiritish;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan nazoratdagi hujjatlar va Markaz Ilmiy kengash qarorlarining kafedra va bo`limlar tomonidan ijrosi ta’minlanganligini o`rganish;
Markaz tinglovchilari va professor-o`qituvchilar, xodimlar o`rtasida korrupsion alomatlar bor yo`qligini baholash bo`yicha so`rovnomalar (anketa) o`tkazish umumlashtirish, tahlil qilish va ularning natijalari yuzasidan chiqarilgan xulosalar bo`yicha takliflar kiritish.
Bo`limning telefon raqami: + 99871 234-55-92