Bo’lim “Xo’jalik bo’limi” nomi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risidagi” 531-sonli qaroriga asosan, “Ma’muriy-xo’jalik bo’limi” deb qayta tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentyabrdagi 544-son qarori talabidan kelib chiqib Adliya vazirligi bilan kelishgan holda 2020 yil 16 oktyabr kuni “Ma’muriy-xo’jalik va mehnatni muhofaza qilish bo’limi” deb tasdiqlangan.
Bo’lim Markazning tarkibiy tuzilmasining bo’g’ini hisoblanadi va uning tarkibi Markaz tuzilmasiga asosan belgilanadi.
Hozirda bo’limga Qosimov Elmurod Xushboqovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va bo’yruqlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining bo’yruqlari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizomiga amal qiladi.
Bo’lim Markaz direktori va direktorning moliya-iqtisod va xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosariga bo’ysunadi.
BO’LIMNING MAQSADI:
Markazda ma’muriy-xo’jalik va mehnatni muhofaza qilish ishlarini samarali tashkil etish, ma’muriy-xo’jalik faoliyatini yuritish.
BO’LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:
- Markazga tegishli bino va inshootlar, ularga tegishli hududlarni toza va ozoda saqlash hamda obodonlashtirish ishlarini olib borish;
- “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi 824-I-son Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 754-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to’risida nizom” talablari asosida favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilishni tashkil etish maqsadida mutaxassislar jalb qilgan holda o’quv semenarlarini o’tkazish;
- “Yong’in xavsizligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-226-son Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong’in xavfsizligi qoidalari”ga asosan, Markaz binosini zarur jihozlar bilan jihozlaydi va profilaktik ishlarni olib borish hamda yong’in asbob-uskunalari bilan ta’minlash;
- O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining ShNK (shaharsozlik norma va qoidalari) va KMK (qurilish me’yorlari va qoidalari) normativ qurilish hujjatlari talablariga asosan Markaz balansidagi binolarda olib boriladigan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini nazorat qilish;
- Markaz faoliyati uchun zarur asbob-uskunalar, mebel jihozlari, orgtexnika, kanselyariya va xo’jalik mollari bilan ta’minlash;
- sotib olingan orgtexnika, asbob-uskunalar va mebel jihozlarining sifatli saqlanishini va ta’mirlanishini hamda hisobini olib borish;
- “Davlat xaridlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 apreldagi O’RQ-472-son Qonuni talablari va prisiplariga asosan, loyiha-smeta hujjatlariga asosan byudjetdan ajratilgan va Markaz maxsus mablag’laridan oqilonalik, tejamkorlik va samaradorlik bilan foydalanishni ta’minlash;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi “Byudjetdan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotranspordan foydalanishni tartibga solish to’g’risida”gi 154-son qarori va O’zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019 yil 19 martdagi “Adliya organlari va muassasalarida xizmat yengil avtomobillardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 94-um-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida Markaz balansidagi avtomashinalardan foydalanishni va uzluksiz faoliyatini ta’minlash;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 maydagi “Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 273-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi to’g’risida nizom” talablariga asosan, Markaz balansidagi davlat mulki obyektlari to’g’risidagi hisobotlarni o’z vaqtida yuborish;
- Markaz omborida tovar-moddiy boyliklarning sifatli va xavfsiz darajada saqlanishini ta’minlash;
- Markaz binosining aloqa, elektr energiya, issiq va sovuq suv tarmoqlarini doimiy va sifatli, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlab turishini ta’minlash;
- Markaz rahbariyatining ko’rsatmasiga asosan boshqa ishlarni tashkillashtiradi.
Bo’limning telefon raqami: + 99871 234-55-40.