Buxgalteriya” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risidagi” 531-sonli qaroriga asosan, qayta tashkil etilgan.
Buxgalteriyaga turli yillarda bir qator mutaxassislar, jumladan: 2005-2006 yillarda L.F.Mamontova, 2007-2008 yillarda I.N.Kromorenko, 2009 yilda I.Yo.Xonberdiyev, 2010 yilda Y.Sh.Xajiyev va 2011 yilda A.Djo`rayev, 2012-2020 yillarda I.Ibragimovlar boshchilik qilishgan.
2020 yil oktyabr oyidan boshlab buxgalteriyaga Akmal Soatmurodovich Normurodov rahbarlik qilib kelmoqda.
O`tgan yillar mobaynida buxgalteriyada I.N.Kromorenko, O.Lopuxova, Z.Okbayev, D.Shayunusova, N.Jo`rayev va A.Tog`ayev, A.Normurodov, J.Nazarov kabi xodimlar buxgalter va kassir lavozimlarda mehnat qilganlar.
Buxgalteriya o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Moliya vazirligining tegishli yo`riqnomasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Adliya vazirligining qaror va bo`yruqlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining bo`yruqlari hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrug`i bilan tasdiqlangan Nizomiga amal qiladi.
Buxgalteriya tarkibi bosh buxgalter, 1 nafar bosh mutaxassis va kassirdan iborat.
Bosh buxgalter - Normurodov Akmal Soatmurodovich;
Buxgalter - Shayunusova Dilorom Rustamovna;
Buxgalteriyaning asosiy vazifalari:
Buxgalteriyaning maqsadi Markazda buxgalteriya hisobi va hisobotlarni to`g`ri yuritilishini tashkil etishdir.
Buxgalteriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Markazda buxgalteriya hisobini Moliya vazirligining tegishli yo`riqnomasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda tashkil etish;
Markazda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning to`liq va aniq yuritish, moliya-xo`jalik operasiyalarnini nazorat qilish, hisob-kitoblarning o`z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlash;
byudjet mablag`larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag`larni harajatlar smetasini ko`zda tutilgan muayyan maqsadlarga to`g`ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag`lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to`lovlarini belgilangan tartibda hamda o`z vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosini jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o`z vaqtida amalga oshirish;
pul mablag`lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizasiya qilishda qatnashish, inventarizasiya natijalarini o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o`tkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to`g`ri foydalanilishini nazorat qilish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish Buxgalteriyalari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo`lsa);
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish Buxgalteriyalari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo`lsa);
Markazning Ma’muriy-xo`jalik Buxgalteriya bilan birga moddiy-texnika ta’minoti, moliyaviy-xo`jalik faoliyati masalalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish.
Buxgalteriyaga qonun hujjatlariga muvofiq hamda Adliya vazirligi va Markaz rahbari tomonidan vakolati doirasida qo`shimcha vazifalar va yo`nalishlar yuklatilishi mumkin.
Buxgalteriya faoliyatining yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
Markazda pul mablag`lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalarning harakati buyicha buxgalteriya hisobi va hisobotlarini belgilangan qoidalarga asosan qat’iy olib borilishini ta’minlash;
moliyaviy hisobotlarni taxlil qilish va umumlashtirish, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Markazning o`z vaqtida va to`liq moliyalashtirilishini ta’minlash;
Markazning byudjet va byudjetdan tashqari hisob raqamlariga pul mablag`larining shu jumladan shartnoma asosida o`qitilayotgan tinglovchilardan kelib tushayotgan to`lovlarni to`g`ri hisoblanishini hamda o`z vaqtida o`tkazilishini tashkillashtirish, hisobini ularning maqsadli va to`liq sarflanishini tashkillashtirish, o`rganish, tahlil qilish va natijasi yuzasidan rahbariyatga axborot berib borish;
ajratilgan mablag`larni hamda tovar-moddiy boyliklarning maqsadli ishlatilishi va bu yunalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga hisobotlar berib borish;
tovar-moddiy boyliklarning, texnika, bino va inshootlarning, shuningdek, boshqa mol-mulklarning hisob-kitobini yuritish, shu jumladan, ularni hisobdan chiqarish, qayta baxolash ishlarini amalga oshirish, yetkazib berilgan maxsulotlarda kamomad, yaroqsiz va sifatsiz holatlar aniqlanganda, ular yuzasidan dalolatnomalar tuzish va bartaraf qilish choralarini ko`rish;
kadrlar bo`yicha katta inspektor bilan birgalikda xodimlarning shtatlar jadvalini tayyorlash va tasdiqlash uchun kiritish;
Markaz xodimlarining cheklangan sonini va ularga to`lanadigan ish xaqining hisob-kitobini o`rganish, tahlil kilish va natijasi yuzasidan raxbariyatga axborot berib turish;
xizmat safari xarajatlarining hisobini yuritish, ajratish va sarflanishi buyicha asoslantiruvchi hujjatlarni qabul qilish hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
tasdiqlangan xarajatlari smetasi asosida moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag`larni belgilangan tartibda ko`chirish choralarini ko`rish va maqsadli ishlatilishining hisobini yuritish;
Markazning ish xaqi fondini to`g`ri xarajat qilinishini, barcha turdagi mukofotlarni, rag`batlantiruvchi to`lovlar va nafaqalarning to`g`ri hisoblanishini hamda to`lab berilishini, belgilangan shtatlar, lavozim maoshlari, ma’muriy-xo`jalik va boshqa xarajatlar smetalariga rioya etilishini, shuningdek to`lov va moliyaviy intizomga rioya etilishini ta’minlash;
tovar-moddiy boyliklar, xom ashyo maxsulotlari, yonilg`i maxsulotlari va boshqa qimmatliklarni kirim va chiqimi bilan bog`lik hujjatlarni to`g`ri rasmiylashtirish, yekazib berilgan maxsulotlarda aniqlangan kamomad, yaroqsizlik yoki sifatsizlik holatlari yuzasidan maxsulot yetkazib beruvchilarga nisbatan o`z vaqtida da’volar kiritish;
tovar-moddiy boyliklar bo`yicha kamomadlar, yuqotishlar, debitorlik qarzlarini bartaraf qilish, buxgalteriya balansidagi xisobdan chiqarish, shuningdek tovar-moddiy boyliklarning qayta baholashdan o`tkazish va rasmiylashtirishni ta’minlash, ularning qonuniy hamda asosli bo`lishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko`rish;
Respublika byudjeti, Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg`armasi va boshqa hisob raqamlaridagi pul mablag`lariga oid xarajatlar smetasini umumlashtirish, ajratilgan mablag`larni belgilangan tartibda maqsadli sarflanishini tashkil qilish.
Bugalteriya bo'yicha hisobotlar
Buxgalteriyaning telefon raqamlari: 71-234-53-96.