“Kutubxona” nomi bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish to`g’risida”gi 364-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi “ O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g’risidagi” 531-sonli qaroriga asosan, “Axborot-resurs markazi” deb qayta tashkil etilgan. Kutubxonada turli yillarda bir qator xodimlar O.Sanakulov, D.Kaliyeva va N.Karimovalar boshchilik qilishgan.
2020 yil dekabr oyidan boshlab kutubxonada N.Karimova rahbarlik qilib kelmoqda. O`tgan yillar mobaynida kutubxonada K.Avazova G.Yo`lchiyeva va E.Xujamov yetakchi kutubxonachi lavozimlarida mehnat qilishgan.
Axborot-resurs markazi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi №4354 “O`zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni yanada takomillashtirish to`g’risidagi” qarori, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Adliya vazirligining qaror va buyruqlari, Oliy va o`rta maxsus talim vazirligining malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga taaluqli normativ-huquqiy hujjatlari, Markaz Ustavi, Ilmiy kengashi qarorlari, Markaz direktorining buyruqlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Axborot-resurs markazi tarkibi 1 nafar mudiradan iborat.
ARMning asosiy vazifalari:
- Markaz xodimlari va tinglovchilarga axborot-resurs xizmatlarini ko`rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoitlar yaratish;
-zamonaviy elektron (virtual) kutubxonalar tarmog’ini rivojlantirish maqsadida, o`z axborot-resurslarini yaratish va ularni sifatli to`ldirib borish;
-ARM da mavjud normativ-huquqiy hujjatlar, adabiyotlar va boshqa nashrlarni qatiy hisobga olinish, saqlash va o`rnatilgan muddatlarda hujjatlashtirishni ta’minlash;
-Markaz hodimlari va tinglovchilariga har qanday (bosma,multimedia va raqamli) tashuvchilarda, shu jumladan, internet tarmog’ida sifatli axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida, ularga ARMda mavjud kompyuter vositalaridan va ARM fondidan foydalanish qoidalarini tushuntirish;
- tinglovchilarga mustaqil talim olish va muloqot doirasini kengaytirish imkoniyatlarini taminlash;
- zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Markaz xodimlari va tinglovchilarning ilmiy, ta’lim va axborotga ega bo`lish ehtiyojlarini qondirish;
- masofadan o`qitish ta’lim xizmatlarini axborot-resurslar bilan ta’minlash;
- Markaz hodimlari va tinglovchilari uchun zamonaviy elektron kutubxona tarmog’ini rivojlantirish.
Axborot-resurs markazining ish telefoni:+99871 234-51-82