+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazida “ADLIYA AYOLI” respublika koʻrik tanlovining dastlabki bosqichi oʻtkazildi.

11.10.2023 1225

Unda Markazda faoliyat yuritayotgan 5 nafar xotin-qizlar uchta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Birinchi shartda qatnashchilarning bilim va tajribalari huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari orqali sinovdan oʻtkazildi. Ikkinchi shartda esa  ular qonunchilikka oid dolzarb takliflarini bildirishdi. Oxirgi shartda xotin-qizlarimiz sport musobaqasida shashka turi boʻyicha bellashishdi.   

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, Yuristlar malakasini oshirish markazi mas'ul xodimi N.Nurmuxammedova gʻoliblik hamda tanlovning Respublika bosqichida qatnashish yoʻllanmasini koʻlga kiritdi.

Tanlov gʻolibi va ishtirokchilari faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.