+998 71 200 02 35

Yuristlar malakasini oshirish markazida “ADLIYA AYOLI” respublika koʻrik tanlovining dastlabki bosqichi oʻtkazildi.

05.08.2022 2167

Unda Markazda faoliyat yuritayotgan 7 nafar xotin-qizlar uchta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Birinchi shartda qatnashchilarning bilim va tajribalari huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari orqali sinovdan oʻtkazildi. Ikkinchi shartda esa ish faoliyati davomida duch keladigan dolzarb muammolarni hal etish uchun qonunchilikka taqdim qilish mumkin boʻlgan takliflari eshitildi. Soʻnggi uchinchi shartda esa uy yumushlaridagi bekalik qobiliyatini namoyon etdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, Yuristlar malakasini oshirish markazi Halqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Sh.Abdullayeva gʻoliblik hamda tanlovning Respublika bosqichida qatnashish yoʻllanmasini koʻlga kiritdi.

Tanlov gʻolibi va ishtirokchilari faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.