+998 71 200 02 35

Yaponiya davlatida malaka oshirish amaliyoti boshlandi

26.11.2024 1375

Joriy yilning 21-29-noyabrida O‘zbekiston advokat va notariuslaridan tashkil topgan tinglovchilar  Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va o‘qitish instituti  bilan hamkorlikda  malaka oshirish amaliyoti tashkil etildi. 

Mazkur o‘quv safarida advokat va notariuslar delegatsiyasi Yaponiya davlatiga yuborildi. Guruhga Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.K.Saidov boshchilik qilmoqda.

Tashrif davomida Yaponiya adliya va notariat tizimi bilan yaqindan tanishish,  Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti professorlarining ma’ruzalarini o‘tkazish,   Yaponiya notariuslar Milliy Assosiasiyasi, Yaponiya advokatlar federatsiyasi hamda Yaponiya Adliya vazirligining xalqaro hamkorlik departamentiga tashriflar rejalashtirilgan.