+998 71 200 02 35

Toshkent davlat yuridik universitetining bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi

09.05.2024 409

Joriy yilning 7-may kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi va Advokatlar palatasi hamkorligida Toshkent davlat yuridik universitetining bitiruvchi talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish kafedrasi katta o'qituvchisi Z.Raxmonov, Xususiy huquqiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Raximberganova, Axborot resurs markazi bosh mutaxassisi M.Tolipova hamda advokat A.Axmedov, J.Xalikov, S.Salimova, K.Baxouddininov, A.Abdullayevlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talaba yoshlarga so‘nggi yillarda advokatura sohasiga berilayotgan e’tibor, advokat maqomiga ega bo‘lishga oid ayrim talablarning bekor qilinishi hamda sohaga oid qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.