+998 71 200 02 35

Shanxaydagi strategik uchrashuv

19.06.2025 44

Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan  forum doirasida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti delegatsiyasi Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti prorektori, professor Luo Ligang bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama ta’lim, ilmiy-tadqiqot va professor-o‘qituvchilar almashinuvi borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar yuridik kadrlarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, qo‘shma seminar va konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, stajirovka dasturlari va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Suhbat yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Memorandum imzolashga kelishib oldilar.

Ushbu muloqot ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida barqaror ilmiy-huquqiy hamkorlik poydevorini yaratishga xizmat qiladi.