+998 71 200 02 35

Rossiya Federatsiyasida malaka oshirish amaliyoti boshlandi

19.11.2024 1546

Joriy yilning 14–22-noyabr kunlari O‘zbekiston advokatlari uchun Rossiya Federatsiyasida malaka oshirish amaliyoti bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘quv safarida advokatlar delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga yuborildi. Guruh rahbari sifatida Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri Sevarxon Maripova kuzatib bormoqda.

Tashrif davomida Rossiya davlat idoralari va muassasalariga tashrif buyurish, ularning asosiy vazifalari bilan tanishish va rossiyalik huquqshunoslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek mazkur o‘quv kursni doirasida "Державинские чтения" xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishi nazarda tutilgan.