+998 71 200 02 35

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari jamlangan to’plam nashr etildi

25.05.2021 3600

Xabaringiz bor, 2021 yilning 16 aprel kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida "Intellektual mulk huquqi qonunchiligini takomillashtirish: nazariya va amaliyot muammolari" mavzusidagi respublika anjumani o’tkazildi. 

Ushbu munosabat bilan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari jamlangan to’plam nashrga tayyorlandi.

Konferensiya materiallari to’plamida intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, intellektual mulk huquqini himoya qilish va kontrafakt mahsulotlarni tarqalishiga qarshi kurashish borasida mavjud muammolar va ularning yechimlari, bu borada O’zbekiston va jahon tajribasiga oid fikr-mulohazalar yoritilgan.

Huquqshunoslik yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrantlar hamda tinglovchi-talabalari foydalanishlari mumkin.