+998 71 200 02 35

“Qadring baland boʻlsin ona tilim”

16.10.2023 1184

“Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Yuristlar malakasini oshirish markazida “Qadring baland boʻlsin ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirdi.

Unda Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati masʼul kotibi jurnalist, shoir, “Koʻzim qarogʻida surating”, “Ota hovlim” sheʼriy toʻplamlari muallifi Jahongir Sharofboyev ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur kunning mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan oʻrni, oʻzbek tilining boyligi va benihoya kuchi,  til — davlat timsoli, mulki ekanligi, tilni asrash, rivojlantirish millatni yuksalishiga olib boruvchi vosita ekanligini ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda ona tilimizning oʻzbek millati va barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtildi.