Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazida oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Qadring baland boʻlsin ona tilim" nomli adabiy-maʼrifiy tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti Yoqub Axmedov, “Notiqlik sanʼati” Akademiyasi rahbari, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Joʻrayevlar ishtirok etdilar.
Mushoira tarzida oʻtgan badiiy tadbir Markaz professor-oʻqituvchilari va xodimlari tomonidan olqishlar bilan qabul qilindi.
Tadbirda taniqli mehmonlar ona tilimizning oʻziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi islohotlarga toʻxtalib oʻtdilar, har bir vatan farzandi oʻz ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini eʼzozlashda faol ishtirok etishi zarurligini taʼkidladilar. Ona tilini ulugʻlovchi sheʼrlaridan oʻqib berdilar.