+998 71 200 02 35

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

09.04.2024 804

“Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish” qisqa muddatli o‘quv kursi dasturi asosida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlarimiz bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Andijon viloyatidagi tashkilotlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va va xotin-qizlar qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Sport vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va “O‘zkimyosanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyatining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi rahbar va boshqa mas'ul xodimlarining malakalari oshirilmoqda.

Bugungi dars mashg‘uloti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi xodimi M.Tadjiyev tomonidan "Murojaatlar bilan ish olib borishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalar" va "Kasbiy tayyorgarlikning bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash" mavzularida bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlarda murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, murojaatlar bilan ish olib borishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalar va kasbiy tayyorgarlikning bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash masalalari atroflicha tushuntirildi.