Yuristlar malakasini oshirish markazida “Intellektual mulkni huquqiy himoya qilishga ixtisoslashgan jurnalistlarning malakasini oshirish” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kursi boshlandi.
Mashg'ulotlarda intellektual mulkni huquqiy himoya qilishga ixtisoslashgan jurnalistlarga turdosh huquqlarning o‘ziga xos jihatlari, maqola va intervyuga bo‘lgan mualliflik huquqi, mualliflik huquqi buzilishining tahlili, jurnalistikada mualliflik huquqi ob’ektlari, boshqa mualliflarning asarlarini OAV orqali uzatishning huquqiy asoslari boʻyicha kasbiy ko'nikmalar shakllantirilmoqda.
Kurslarimiz Markaz professor-o'qituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida bo'lib o'tmoqda.