+998 71 200 02 35

Oʻquv yili yakunlari sarhisobi va yangi rejalar muhokamasi

05.08.2022 2405

2022-yil 5-avgust kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. 

Unda Markaz rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, boʻlim boshliqlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda yuristlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, Markazning  2021-2022-oʻquv  yilida oshirilgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritildi hamda 2022-2023 oʻquv yilida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar  muhokama qilindi.