+998 71 200 02 35

"MEHNAT QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRILISHI: NAZARIYА VA AMALIYOT"

26.01.2023 1803

Joriy yilning 26-yanvar kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida "MEHNAT QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRILISHI: NAZARIYА VA AMALIYOT" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Anjumanda 30 ga yaqin vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari hamda mamlakatimizdagi yuridik oliy oʻquv yurtlarining yetakchi olimlari, professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi. 

Konferensiyadan koʻzlangan maqsad –  yangi Mehnat kodeksida ish beruvchi va xodimlarning mehnat munosabatlariga oid huquqlarini mustahkamlash, qonunchilikka kiritilgan yangi huquqiy mexanizmlarning mazmun mohiyati, ularni amaliyotga tadbiq etish bilan bogʻliq faoliyatini keng aholiga tushuntirish berishning eng maqbul yoʻnalishlarini belgilab olishga qaratilgan.

Shuningdek, mazkur yoʻnalishda rivojlangan davlatlarning amaliy tajribasini oʻrganish asosida, nazariya va amaliyot vakillari ishtirokida istiqbolda Mehnat kodeksiga sharh, darslik, oʻquv va  uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash borasida ham oʻzaro fikr almashib olindi.