Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish kafedrasi oʻqituvchisi J.Murotov tomonidan iqtisodiy va boshqa munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya orqali hal etishning oʻziga xos xususiyatlariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Mazkur davra suhbatida nizolarni hal etishda mediatsiya institutini qoʻllash zaruratlari haqida soʻz yuritildi. Bugungi kunda xorijiy davlatlar amaliyotida mediatsiya institutining samaradorligi, mediatsiya institutining qoʻllanilishi yarashuv institutiga koʻmaklashuvchi hamda nizolarni sudga qadar hal boʻlishiga yordam beruvchi jarayon ekanligi haqida atroflicha maʼlumot berildi.