+998 71 200 02 35

Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi

18.11.2024 1377

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining F–53-son Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida  “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” mavzusida Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o'qituvchisi Sh.Jumayev tomonidan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida  targ'ibot tadbiri o'tkazildi hamda qiziqarli keyslar orqali ma'ruza qilindi.

Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada aks etgan "Aybsizlik prezumpsiyasi" va mutanosiblik prinsiplari, "Miranda qoidasi" hamda boshqa huquqiy normalarning mazmun-mohiyati hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha huquqiy savollarga  javoblar olishdi.