+998 71 200 02 35

Jamoatchilik bilan aloqalar uchun mas’ul xodimlarning malakalari oshirilmoqda

25.11.2024 1572

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Adliya organlari va muassasalari rahbarlari va jamoatchilik bilan aloqalar uchun mas’ul xodimlarining PR sohasidagi malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv kursiga start berildi.

Unda tinglovchilar davlat boshqaruvida jamoatchilik bilan aloqalar, tasvir strategiyalari, matbuot anjumanlari va taqdimotlarni tashkil etish va o‘tkazish ko‘nikmalari, ommaviy axborot vositalari bilan samarali muloqotni shakllantirishda PR faoliyati hamda Adliya organlari va muassasalari jamoatchilik bilan aloqalar uchun mas’ul xodimlarining PR sohasidagi muhim vazifalari yuzasidan malakalarini oshiradilar.