+998 71 200 02 35

ISH YOZISHMALARI VA RASMIY HUJJATLARNI TAYYORLASHGA OID YANGI MALAKA OSHIRISH KURSIMIZGA START BERILDI

23.10.2024 1554

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Hujjatlarni tayyorlashga zamonaviy yondashuv. Ish yozishmalari va rasmiy hujjatlarni tayyorlash. Qonunchilik texnikasi va yuridik dizayn” nomli qisqa muddatli yangi o‘quv kursi bo'lib o'tmoqda.

Unda O'zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki, Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlarining malakalari oshirilmoqda.

Dars mashg'ulotlari davomida Adliya vazirligi Idoraviy normativ- huquqiy hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari va boshqa amaliyotchilar tomonidan turli xil xat-hujjatlarning tasnifi va xususiyatlari, rasmiy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, ish xatlarini muvofiqlashtirish (ko‘rish) va imzolash qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.