+998 55 518 57 77

Institutning strategik rivojlanishi va ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi

15.10.2026 52

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Institutning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Strategik rivojlanish dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, shuningdek, ta’lim sifatini ta’minlashning ichki tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Strategik rivojlanish dasturining ustuvor yo‘nalishlari, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, ularning bajarilishini monitoring qilish va natijadorligini baholashga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’lim sifatini oshirish doirasida professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini baholash, tinglovchilarning fikr-mulohazalarini o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tarkibiy bo‘linmalarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.