+998 71 200 02 35

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TASHKIL ETILDI

18.12.2024 262

Joriy yilning 18-dekabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Muddatli mehnat shartnomasini tuzishda yangi tendensiyalar va xorijiy tajriba” mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad – huquqiy jamoatchilik e’tiborini amaldagi Mehnat kodeksi normalarini huquqni qo‘llash amaliyotida aniq va to‘g‘ri ishlatilishi istiqbollariga qaratish, ayniqsa bunda ish beruvchilarning muddatli mehnat shartnomasini tuzish huquqlarining kengaytirilganligini inobatga olgan holda amalda yuzaga kelayotgan muammolarni tanqidiy tahlil qilish, mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligi muhitini yaratish, mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni adolatli va qonuniy hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Konferensiya ishi asosiy ma’ruzalar, muhokamalar, erkin fikr almashish, konferensiya ishtirokchilarining nazariy va amaliy ishlanmalari, milliy va xorijiy tajriba bilan tanishish tarzida olib borildi.

Tadbirda O‘zbekiston Ish beruvchilari Konfederatsiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa bir qator davlat va nodavlat tashkilotlari mas’ul xodimlari, sud-huquq sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi-mutaxassislar ishtirok etishdi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha mehnat qonunchiligini rivojlantirish va huquqiy tartibga solish masalalariga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.