+998 71 200 02 35

"Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili va samaradorligini oshirish usullari" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

13.09.2022 2481

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi, chunki fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Bugun, Markaz professor-oʻqituvchilari va mas’ul xodimlari uchun Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti Sud-huquq sohasi tahlili bo‘limi boshlig‘i O. Toshev hamda bo‘lim bosh maslahatchisi Sh.Mirzaevlar ishtirokida "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili va samaradorligini oshirish usullari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Oʻzaro jonli muloqot asosida tashkil etilgan tadbirda Markaz olimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga kiruvchi davlat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qator takliflar bildirildi.